Photo by My.Gov.Uz

Photo by My.Gov.Uz on September 14, 2026. May be an image of phone, poster, crossword puzzle, magazine, calendar and text that says 'my. my.gov.uz 01D ប្េ 01 D 555 AA UZ 0ις 01C007AA 007 AAU Shikastlangan davlat raqamini navbatsiz my. my.gov.uz orqali almashtiring'.
My.Gov.Uz@my.gov.uz
153 Likes
3 Comments

☄️ Shikastlangan davlat raqamini yangisiga onlayn almashtiring! 🚗 Аvtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun "GAI"da navbatlarda turish shart emas. Bu xizmatdan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalansa bo‘ladi. 👉 Xizmatdan foydalanish uchun: ⏺ my.gov.uz portaliga kiring. ⏺«Shikast yetgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash (https://my.gov.uz/uz/service/1390)» xizmatini tanlang. ⏺Arizani to‘ldiring va unga shikastlangan davlat raqamining fotosuratini ilova qiling. 📱 Ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgach, sizga to‘lov uchun invoys yuboriladi. 💰To‘lov amalga oshirilgach, ko‘rsatilgan hududiy bo‘linmaga borasiz va eski raqamni topshirib, yangisini qabul qilib olasiz. ❗️To‘lov bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) asoslangan: 🗄1 juft (oldi va orqa) raqam uchun: 1 980 000 so‘m (4,5 BHM). 🗄1 dona raqam uchun: 990 000 so‘m (2,25 BHM). Bu muhim! Ariza yuborishda raqamning holati aks etgan rasm aniq bo‘lishiga e’tibor bering. Bu jarayonni tezlashtiradi va ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi. 👮‍♂️ Vaqtingizni tejang va raqamlarni masofadan turib yangilang! #uzbekistan #tashkent #sirdaryo #jizzax #samarkand #buhoro #surxondaryo #qashqadaryo #xorazm #navoiy #andijon #fargona #namangan #qaraqolpoqiston #xorij #xabarlar #qiziq #ozbekiston24 #узбекистан #toshkent #toshkentuz #tashkent #yangiliklar #mygov @my.gov.uz

Comments

A preview Instagram ships with the post — 3 of 3 public comments.

@zafarovna033_ Shikastlanga boʻlsa ham 007 aurani 3ta 5 ga aliwmaymz

@xabibullo007777 👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

· 1 likes

@xabibullo007777 👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏

· 1 likes

Topics in this caption

All popular topics 

Each tag opens the popular posts Instagram returns for it.

More from @my.gov.uz