Photo by My.Gov.Uz
☄️ Yangi xizmat 🟡 Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan chiqarish endi onlayn! 👨💻 Ilgari bu jarayon uchun taʼlim muassasasi hamda tegishli idoralarga borish, turli hujjat va maʼlumotnomalarni yigʻish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilinib, toʻliq onlayn shaklga oʻtkazildi. 👉 Xizmat bo'yicha eng muhim ma'lumotlar: 👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin? 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchining ota-onasi yoki vasiysi. 🏫 Qaysi taʼlim muassasalariga taalluqli? Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej va texnikumlar). 🔖 Talab qilinadigan hujjatlar: Yoʻq! Hech qanday qoʻshimcha hujjat talab etilmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik olinadi. ❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. ⏱️ Koʻrib chiqish tartibi va muddatlari: 1. Ariza bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi; 2. Qabul qilingan qaror kelib tushganidan soʻng, taʼlim tashkiloti 1 ish kuni ichida oʻquvchini elektron tizim (baza)dagi oʻquvchilar safidan chiqaradi. 👉 Ariza topshirish uchun: 🗄 my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiring va “O‘quvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan ta’lim tashkiloti o‘quvchilari safidan chiqarish” xizmatini tanlang; 🗄 Farzandingizni (oʻquvchini) belgilab, elektron soʻrovnomani toʻldiring; 🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring; 🗄 Natijani shaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring. 🗣Ushbu foydali ma'lumotni chet elga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ketayotgan va farzandi maktab/kollejda oʻqiydigan tanishlaringizga ulashib qoʻying! #uzbekistan #tashkent #sirdaryo #jizzax #samarkand #buhoro #surxondaryo #qashqadaryo #xorazm #navoiy #andijon #fargona #namangan #qaraqolpoqiston #xorij #xabarlar #qiziq #ozbekiston24 #узбекистан #toshkent #toshkentuz #tashkent #yangiliklar #mygov @my.gov.uz
Comments
A preview Instagram ships with the post — 6 of 12 public comments.
@said__kxoja Arizam xaqida kim jovob beradi kutvomanu ?
@angelina443385 Ассалому алайкум my,gov иловасини Россия давлатида тур б кандай очса булади
@said__kxoja 28 avgustan beri jarayonda tolov qiganman xujat zarl bovoti
@said__kxoja +998935283828 xech kim aloqa chiqmayopti !
@said__kxoja Ariza topishirgaman pulini tolaganman 10 kun digandi 20 kun boldi kim xal qib beradi ?
· 1 likes
Topics in this caption
All popular topicsEach tag opens the popular posts Instagram returns for it.
@said__kxoja ?